Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Yangiliklar » Vazir Ozodbek Nazarbekov xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi

Vazir Ozodbek Nazarbekov xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi

30-04-2025, 10:12
8
Bugun, 30-aprel kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Urgenchda xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi.
 
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan vazirga murojaat qilishib, taklif va tashabbuslarini bildirishdi.
Shuningdek, 26-28-aprel kunlari Xivada YUNESKO va AYSESKO shafeligida o‘tkazilgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali jarayonlarida xorijiy mehmonlarga tarjimonlik qilishda ko‘maklashgan bir guruh volontyor-yoshlar vazir Ozodbek Nazarbekovning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
 
Ma’lumot o‘rnida, Madaniyat vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan, shuningdek og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Uchrashuvlarda ishtirok etgan yigit-qizlarning muammolari, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar alohida nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.